Бош мутахассис
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Migratsiya agentligi
Bo'lim: Тошкент вилоят филиали
Vazifalar:
Nomzod amaldagi qonun hujjatlariga hamda mehnat shartnomasiga hamda lavozim yoʻriqnomada belgilangan vazifalarni bajaradi. Bandlik, migratsiyasi, iqtisodiy, huquqiy va boshqaruv sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lishi; Ma’lumotlar bazasi bilan ishlay olishi, tahliliy-tanqidiy materiallar tayyorlay olishi; kompyuter savodxonligiga ega boʻlishi (MS Office Microsoft Word, Excel “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi va “edo.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimi hamda Power Point dasturlarida mukammal ishlashi); ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlishi.
Ish sharoitlari:
14:00 dan 18:00 gacha (Dushanba - juma).
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳар, Олмазор тумани, Қамаринисо кўчаси, 1-уй
99871 2023355
✅ Talablar
Oliy, bakalavriat darajasidan kam boʻlmagan ma’lumot. Magistratura, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan nomzodlarga afzallik beriladi. Davlat va nodavlat tashkilotlarda 3 yillik ish stajiga ega boʻlishi lozim. Davlat tilini mukammal bilishi. Ingliz va rus tillarida soʻzlashishni bilgan (shu jumladan, hujjatlarni tayyorlaydigan) nomzodlarga afzallik beriladi. Xorijiy tillarni bilishi boʻyicha xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan yoki Xalqaro tan olingan “QS - Quacquarelli Symonds World University Rankings” tashkiloti tomonidan e'lon qilingan oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik roʻyxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasasini tamomlagan nomzodlarga afzallik beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi; Korrupsiyaga toqatsizlik; Davlat sirlari va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun talablariga qat’iy rioya etishi; mehnatsevar, rahbarlik fazilatlariga ega boʻlishi, mas’uliyatli, fikrini toʻliq va ravon bayon eta olishi, tashabbuskorlik, vatanparvarlik xususiyatlari va strategik tahlil hamda ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyatiga ega boʻlishi.
Tajriba: kamida 3 yil