Bo'lim boshlig'i
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
Bo'lim: Sog'liqni saqlash texnologiyalarini rivojlantirish (HTA) bo'limi
Vazifalar:
Davlat fuqarolik xizmatchisi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishi;
oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boshqa qoidalarga rioya etishi;
ushbu Qonunda belgilangan, davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishi;
manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi, begʻaraz va xolis boʻlishi;
davlat organining nufuzini tushirishga olib kelishi yoki uning oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan (harakatsizlikdan), shu jumladan oʻz xizmat majburiyatlarini bajarayotganda har qanday shakldagi kamsitishdan, noxolislikdan yoki kimgadir nisbatan alohida munosabatda boʻlishdan tiyilishi;
oʻz xizmat mavqeyidan shaxsiy va boshqa gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, shuningdek oʻz xizmat faoliyatiga, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolarning faoliyatiga qonunga xilof taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymasligi;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi talablarga rioya etishi, shuningdek oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida olingan mazkur maʼlumotlarni oshkor qilmasligi, shu jumladan davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugaganidan keyin oshkor etmasligi;
qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari va mol-mulki toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishi;
davlat mulkining but saqlanishini taʼminlashi, oʻziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi;
oʻzining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi shart.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
111809, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bog'zor MFY, Bog'zor ko'chasi, 1-uy
998559022222
✅ Talablar
Ma'lumot va mutaxassislik: tibbiyot oliy ta'lim muassasasi diplomga ega bo'lish, jamoat salomatligi, sog'liqni saqlashni boshqarish yoki klinik farmakologiya va dokazatelnaya medisina (dalillarga asoslangan tibbiyot) yo'nalishlari bo'yicha qo'shimcha tayyorgarlik.Ish tajribasi: Sog'liqni saqlash, farmasevtikani tartibga solish yoki tibbiy tadqiqotlar va tahlil sohalarida kamida 2 yil staj.Ko'nikma va bilimlar: xalqaro HTA metodologiyalarini qo'llay olish, farmakoekonomik tahlil o'tkazish, sog'liqni saqlash dasturlarini strategik rejalashtirish va normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash malakasi.Tillarni bilish: O'zbekiston Respublikasi davlat tilini va xorijiy ilmiy manbalar bilan ishlash uchun ingliz tilini (kamida B2 darajada) mukammal bilishi.
Tajriba: kamida 5 yil