Bo'lim boshlig'i o'rinbosari
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Mirobod tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi
Bo'lim: Boshqaruv xodimlari bo`limi
Vazifalar:
O‘z lavozim majburiyatlarini talab darajasida va sifatli bajarish;
Vazirlik va Boshqarma rahbariyatining topshiriqlarini belgilangan
muddatlarda va sifatli bajarish;
O‘z lavozimiga ko‘ra biriktirilgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha normativ
-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini bilish va o‘zlashtirish; davlat
fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
Bo‘limning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish, tuman bo‘limi
xodimlariga ish yuzasidan nazariy va amaliy yordam berish;
Tumani bo‘limiga murojaat qilgan band bo‘lmaganlar, ish beruvchilar
va boshqa fuqarolarga xushmuomalalik bilan muloqotda bo‘lish, ularning so‘rov
va talablarini asossiz rad etishga yo‘l qo‘ymaslik;
Korrupsiya ko‘rinishlariga qarshilik qilish, ayrim shaxslarning davlat
manfaatlariga ziyon yetkazadigan manfaatlarini qo‘llab- quvvatlanishiga imkon
bermaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilimlari darajasini
oshirib borish choralarini ko‘rish;
Xizmat doirasida foydalaniladigan va ish jarayoniga taalluqli bo‘lgan
boshqa cheklangan ma’lumotlarni oshkor qilinishiga yoxud undan g‘arazli
va boshqa shaxsiy maqsadlarda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Tuman bo‘limi faoliyatiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlarni sir
saqlash, axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va bo‘limga tegishli bo‘lgan
ma’lumotlarning konfidensialligini ta’minlash; hisobot va axborotlarning
belgilangan muddatlarda va sifatli tayyorlanishini, yuqori tashkilotlarga
tegishligi bo‘yicha berilishini ta’minlash; jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari bilan ishlash, murojaatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob berilishini
ta’minlash.
Tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq
boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
Ish sharoitlari:
Dushanbadan Jumagacha 9:00 dan 18:00 gacha
✅ Talablar
Tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari lavozimiga oliy ma’lumotga ega,
iqtisodiyot, moliya, yurisprudensiya, ijtimoiy-iqtisodiy soha bo‘yicha kamida
uch yillik boshqaruv va mehnat stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali
mutaxassislar tayinlanishi mumkin.
Talabgorlarning malaka talablari, bilim va ko‘nikmalari teng bo‘lgan
taqdirda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
Tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari davlat tilini bilishi (xorijiy tillarni
bilishi bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lganda afzallik
beriladi) lozim.
Tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari Boshqarma boshlig‘i tomonidan
belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Tajriba: kamida 3 yil