bosh mutaxassisi

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yunusobod tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 06.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Bo'lim: Xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturlari va strategiyalarini ishlab chiqish va metodologik koʻmak boʻlimi Vazifalar: 1. Boʻlim faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlar amalga oshirilishida ishtirok etish, oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish; 2. Xizmatlar sohasining rivojlanish darajasini tahlil qilish, hududlar va tarmoqlaring qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqish hamda soha rivojlanishining holati boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash; 3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda mavjud resurslardan samarali foydalanish maqsadida hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish; 4. Vakolat doirasida xizmatlar sohasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsion va raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish; 5. Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish; 6. Mamlakat yalpi ichki mahsulot hajmida xizmat koʻrsatish sohalari kesimida ulushini aniqlash va ularning oʻsish surʼatlarini baholash; 7. Xizmatlar sohasining ustuvor yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini, sohaga tatbiq etilgan imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligini hamda raqobat muhitiga taʼsirini tahlil qilish; 8. Normativ-huquqiy va uslubiy hujjatlarni amaliyotda tadbiq etishni oʻrganish va baholashda ishtirok etish; 9. Ijro intizomi, yuridik va jismoniy shaxslar hamda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash; 10. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin. Ish sharoitlari: 09:00-18:00 Manzil / aloqa: Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй +998712035050

✅ Talablar

1. Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlaridagi mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi (magistratura darajasiga ega boʻlgan nomzodlarga afzallik beriladi); 2. Iqtisodiy va moliyaviy sohalarda kamida 1 (bir) yillik ish stajiga ega boʻlishi; 3. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib boradigan, sohaga oid meʻyoriy-huquqiy hujjatlarni ushunishi; 4. Hududlarda xizmatlar sohasini rivojlantirishda alohida yondashuvlar asosida (hududlarining aholisi soni va zichligi, geografik joylashuvi, ixtisoslashuvi va infratuzilma bilan taʼminlanganlik darajasidan kelib chiqib) xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha yetarlicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi; 5. Xizmat koʻrsatish sohalari boʻyicha tarmoqlar va hududlar kesimida mavjud holat va imkoniyatlar, resurslar, shuningdek, sohaning rivojiga ijobiy va salbiy taʼsir koʻrsatadigan muammolar, omillar va koʻrsatkichlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha yetarlicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi; 6. Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (MS Office, Microsoft Excel, Microsoft PowerPoint) mukammal darajada ishlay olishi; 7. Shaxsiy masʼuliyatni his etish hamda ish yuzasidan lozim darajada muzokaralarni olib borish koʻnikmasiga ega boʻlishi; 8. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional tarzda yondashishlik va boshqaruvchanlik qobiliyatlariga ega boʻlishi; 9. Oʻzbek tilini mukammal bilishi (rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilgan nomzodlar ijobiy baholanadi); 10. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin. Tajriba: kamida 1 yil

📎 Manba