Sirdaryo viloyati hokimligi master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi boshlig‘i

Doimiy Ish
📍 Sirdaryo viloyati, Guliston shahri 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 06.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Sirdaryo viloyati hokimligi Bo'lim: Sirdaryo viloyati hokimligi master-rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi Vazifalar: Sohaga oid Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari (PQ-245, VMQ-497) talablari asosida faoliyatni tashkil etish, tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda master-reja hududlari va chegaralarini belgilash, loyihalarni amaldagi shaharsozlik hujjatlariga (bosh reja) muvofiqligini nazorat qilish, buyurtmachilar va ishlab chiquvchilarga texnik topshiriqlar tayyorlashda ko‘maklashish, taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligini tahlil qilish, aholi va tadbirkorlar takliflari asosida investitsiya hamda infratuzilma loyihalarini shakllantirish, hudud “drayver”laridan kelib chiqib, bo‘sh yerlarni tayyor lotlar sifatida elektron onlayn-auksionga chiqarishni tashkil etish, master-rejalar ijrosini doimiy monitoring qilish va har oyda tegishli hududiy komissiyaga maʼlumot kiritib borish. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: soat 9.00 dan 18.00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba Manzil / aloqa: Guliston shahri "Shodlik" mahallasi I.Karimov ko'chasi 60-uy (67) 225-04-83

✅ Talablar

Shaharsozlik va arxitektura, Qurilishni boshqarish, Iqtisodiyot (hududiy iqtisodiyot), Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha oliy maʼlumot, o'z sohasi bo'yicha kamida 3 yillik ish stajiga ega bo'lishi, zamonaviy dunyoqarashga ega bo'lishi, yuqori tashabbuskorlik ko‘rsatish hamda ish faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan yangi g‘oya (kreativ yondashuvlarni) va innovatsion yechimlarni mustaqil ravishda ilgari sura olishi, Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi,davlat tilini bilishi, (xorijiy tillarni bilish qo‘llab-quvvatlanadi), 2022-yil 8-avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi 788-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasi talablari. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba