Ishsizlarni hisobga olish,bo'sh va zahirlanganish o'rinlari bo'yicha bosh mutaxassis
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yashnobod tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi
Bo'lim: Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi
Vazifalar:
1. Oʻz lavozim majburiyatlarini talab darajasida va sifatli bajarish, hisobotlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlash;
2. Faoliyat samaradorligini oshirish, kasbiy bilim va malakasini takomillashtirish ustida doimiy ishlash;
3. Lavozimiga koʻra biriktirilgan yoʻnalishlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini bilish va oʻzlashtirish;
4. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilish; boʻlimning ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish;
5. Ish beruvchilarga xushmuomalalik bilan muloqotda boʻlish, ularning soʻrov va talablarini asossiz rad etishga yoʻl qoʻymaslik;
6. Korrupsiya koʻrinishlariga qarshilik qilish, ayrim shaxslarning davlat manfaatlariga ziyon yetkazadigan manfaatlarini qoʻllab-quvvatlanishiga imkon bermaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy bilimlari darajasini oshirib borish choralarini koʻrish va boshqalar
Ish sharoitlari:
Dushanba - Juma 9.00dan - 14.00 gacha
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳар, Яшнобод тумани, Паркент кўчаси, 331-уй
998712076900
✅ Talablar
1. Bosh mutaxassis lavozimiga oliy ma’lumotga ega, iqtisodiyot, moliya, yurisprudensiya, ijtimoiy-iqtisodiy soha bo‘yicha kamida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassisliklariga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayinlanadi.
2. Talabgorlarning malaka talablari, bilim va ko‘nikmalari teng bo‘lgan taqdirda ko‘p yillik ish stajiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi.
3. Bosh mutaxassis davlat tilini bilishi (xorijiy tillarni bilishi bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lganda afzallik beriladi) lozim.
4. Iqtisodiy-ijtimoiy yoʻnalishlarda yangicha va samarali yondashuvlarini, xorijiy ilgʻor tajribalarini qoʻllagan holda ishlarni tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega boʻlish.
5. Zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlish.
6. Mamlakatda amalga oshrilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan xabardor boʻlishi va ularning mazmun-mohiyatini chuqur anglay olishi hamda aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlami bilan ish olib borishda yuqori darajadagi kasb mahoratiga va etikasiga ega boʻlish.
Tajriba: kamida 3 yil