Bosh mutaxassis

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Mirobod tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 06.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bo'lim: XXR investitsiyalarni jalb qilish bo‘limi Vazifalar: Qo‘shimcha talablar: Mehnat qonunchiligi, xususan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonundan xabardor bo‘lishi. Sohaga oid axborot va ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish, ular yuzasidan konstruktiv xulosa va takliflar tayyorlash, mazkur yo‘nalishda istiqbolni prognozlash va konseptual tavsiyalar ishlab chiqish qobiliyati mavjudligi. Bir vaqtni o‘zida bir necha masalalarni hal etish qobiliyatiga ega bo‘lgan nomzodlar qo‘llab-quvvatlanadi. Sinov davrida kasbiy mezonlardan tashqari nomzodlarning jamiyatda o‘zini tutish, hamkasblar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish va kollektivda sog‘lom muhitni saqlab turish qoboliyatlari ham alohida baholanadi. Ish sharoitlari: Dushanba-Juma 9:00 - 18:00 Manzil / aloqa: TOSHKENT SHAHRI, MIROBOD TUMANI, ISLOM KARIMOV, 1 +998712385000 (452)

✅ Talablar

Ma’lumoti: Iqtisodiyot, moliya, xalqaro munosabatlar, hamda yuridik ta’lim sohalari bo‘yicha oliy ma’lumot bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga ega nomzodlarga ustunlik beriladi. Xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar qo‘llab-quvvatlanadi). Mutaxassisligi: Iqtisodiyot; Iqtisodiy tahlil; Loyiha boshqaruvi; Xalqaro huquq (sohalar bo‘yicha); Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik Mintaqashunoslik; (Osiya tinch-okeani mamlakatlari, Xitoy, Janubiy Sharqiy Osiyo mintaqasi yo‘nalishidagi mutaxassislarga ustunlik beriladi); Biznes boshqaruvi; Biznesda axborot tizimlari; Jahon moliyasi va investitsiya; Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati; Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar; Investitsiyalarni boshqarish; Buxgalteriya; Huquqshunoslik, Statistika, Marketing va menejment yo‘nalishlari. Mehnat staji: Soha bo‘yicha 2 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim. Til bilish darajasi: Davlat tilini va rus tilini mukammal bilish. Xorijiy tillardan (ingliz, yapon va xitoy tili kamida B2 yoki C1 darajaga) ega bo’lishi kerak. Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalaridan va internet tarmog‘idan mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. Tajriba: kamida 2 yil

📎 Manba