UTT shifokori

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Sirg‘ali tumani 💰 3 593 117 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 06.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Toshkent shahar Sergeli tumani 11-son oilaviy poliklinika Bo'lim: Шифокорлар Vazifalar: 1.UTT shifokori lavozimida faoliyat yuritgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, sog‘liqni saqlash tizimiga oid barcha qonun va me’yoriy hujjatlarga, SSV va Toshkent ShSSBB buyruq va ko‘rsatmalariga, tuman tibbiyot birlashma Nizomi, ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomasi va boshqa lokal hujjatlarga to‘la rioya qilish va ulardagi talablari bekami-ko‘st bajarish; 2.Bemorlarni roziligisiz, bolalarni ota-onasi, vasiy va homiysining roziligisiz zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan tibbiy muolajalari o‘tkazmaslik, qon va qon preparatlari quymaslik, hamda sanitariya-gigiena va epidemiologik chora-tadbirlari o‘tkazmaslik; 3.Yuqumli va OITS kasalliklarining oldini olish maqsadida buyruq va ko‘rsatmalarida belgilangan himoya vositalarini qo‘llanmasdan tibbiy muolajalarni bajarmaslik; 4. Shifokorlik siri hisoblangan ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibga zid ravishda taqdim etmaslik; 5.Turli firmalarni dori mahsulotlarini bosh shifokor ruxsatisiz ishlatmaslik va tarqatmaslik; Ish sharoitlari: grafik asosida

✅ Talablar

1. UTT shifokori lavozimiga tibbiyot institutini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan, tegishli sohasida maxsus tayyorgarlikga ega bo‘lgan malakali vrach tayinlanadi. 2.UTT shifokori qonunga asosan ishga qabul qilinishi va ishdan bo‘shatilishi bosh shifokor tomonidan amalga oshiriladi. 3.UTT shifokori bosh shifokor, bosh shifokor o‘rinbosariga bo‘ysunadi. 4.UTT shifokori o‘z ish faoliyatida va ishini tashkillashtirishda yuqori tashkilotlardan tushgan Nizom, farmonlar, qarorlar, buyruqlar, uslubiy qo‘llanmalar va bosh shifokor buyruqlari, ko‘rsatmalari asosida ishlaydi.

📎 Manba