Investitsiyalarni jalb qilish, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tashqi savdoni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Toshkent shahar investisiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi
Bo'lim: Yakkasaroy tumani Investitsiyalar, sanoat va savdo shu'basi
Vazifalar:
O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish
Ish sharoitlari:
Ish tartibi Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
Manzil / aloqa:
100066, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy
+998712100321
✅ Talablar
Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo, xalqaro hamkorlik, loyiha boshqaruvi va muzokaralar o’tkazish yoʼnalishlarida yuqori bilim va zarur malakalarga ega bo‘lishi; Sarmoyadorlar, moliyaviy institutlar va fondlar bilan real loyihalarni yuritish tajribasi, Xalqaro darajadagi forumlarida ishtirok etgan bo‘lishi va Rahbariyat ishtiroki uchun materiallar va takliflar portfeli tayyorlash qobiliyati; Loyiha boshqaruvi va manfaatdor davlat idoralari bilan o’zaro doimiy muloqot (networking) o’rnatish Kasbiy tajriba: Maʼlumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish va sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, o’zaro hamkorlik shartnomalarini, loyihalarini ishlab chiqish, tahlil qilish tajribasiga ega bo‘lishi; ijro intizomi talablari hamda davlat hujjatlarida ish yuritish tartib-qoidalarini bilishi; Kamida 1 yil investitsiyalar va xalqaro aloqalar bilan ishlash tajribasi. Davlat tilini bilishi: davlat tilini mukammal bilishi va og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini uzviy ifoda eta olishi lozim; davlat va xorijiy ( xitoy va ingliz) tillarida yozma va og’zaki muloqot o’rnata olishi lozim. Xorijiy tilni bilish darajasi: Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi talab etiladi; (ingliz, xitoy va boshqa xalqaro darajadagi tillar) Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office (Word, Excel, Power point) bulutli hisoblash texnologiyalariga asoslangan Google Drive; internet (data search) va ijtimoiy tarmoqlarda (linkedin, ma’lumotni erkin tahlil qilish va takliflar tayyorlashda foydalana olishi lozim; Qo‘shimcha talablar: korrupsiyaga qarshi kurashish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi talab etiladi.
Tajriba: kamida 1 yil