Bo'lim mudiri
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Bektemir tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi
Bo'lim: дезинфекция тадбирларини ташкил етиш бўлими
Vazifalar:
Dezinfeksiya tadbirlari bo'lim mudiri: Yuqumli kasalliklar yuzaga kelishini va tarqalishinining oldini olishga qaratilgan profilaktik hamda epidemiyaga qarshi tadbirlarda dezinfeksiya,dezinseksiya,deratizasiya tadbirlarini o'tkazilishini tashkil qiladi,muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Yuqumli kasalliklar o'choqlarida kasallikni bartaraf etish uchun sanitariya-gigiena,profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni tashkil etish va o'tkazshga qatnashadi;
Dezinfeksiya,dezinseksiya,deratizasiya bo'yicha me'yoriy hujjatlarga amal qilgan holda chora tadbirlar o'tkazilishini tashkil qiladi.
Bo'limning moddiy texnik bazasini mustaxkamlash bo'yicha buyurtmalarni tayyorlaydi va ularning extiyojini o'rganadi.
Dezinfeksiya,dezinseksiya,deratizasiya tadbirlarini o'tkazishda yangi vosita va usullarni tadbiq etishda ishtirok etadi.
Aholi o'rtasida yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish bo'yicha xonadonlarda (kassalik o'choqlarida)joriy va profilaktik dezinfeksiya ishlarini o'tkazish bo'yicha sanitariya-gigieynik bilim ko'nikmalarini shakillantirish va tareg'ibot ishlarini tashkil etishda ishtirok etadi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sanitariya epidemiologik osoyishtaligi masalalari bo'yicha murojaatlarni ko'rib chiqish va tegishli choralar ko'rish ishlarni amalga oshiradi.
Ish sharoitlari:
08:00-15:00
Manzil / aloqa:
Toshkent shahar Bektemir tumaniMi Xusayn Boyqaro 48
712950259
✅ Talablar
Sanitariya-gigiena va epidemiologiya fakultetini tamomlagan.Davlat tilini mukammal bilishi(rus,ingliz va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi)
Tajriba: kamida 3 yil