yetakchi mutaxassisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Andijon viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi
Bo'lim: Iqtisod va moliya bo‘limi
Vazifalar:
Byudjetni rejalashtirish: tibbiyot muassasalarining xarajatlar smetasini tuzish va tahlil qilish. Moliyaviy nazorat: Davlat mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishini monitoring qilish. Hisobotlar yuritish: moliyaviy va statistik hisobotlarni shakllantirish hamda yuqori tashkilotlarga taqdim etish. Ma’lumotlarni tizimli tahlil qila olish qobiliyati.Jamoada ishlash va muloqot madaniyati. Yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashish va tirshqoqlik.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish jadvali: 9:00 dan 18:00 gacha, Dam olish kunlari: shanba va yakshanba
Manzil / aloqa:
Андижон шаҳар Амир Умархон 19-уй
998742284284
✅ Talablar
Iqtisodiyot, moliya, bank ishi, buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumot (kamida bakalavr darajasi). Mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha yoki davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yillik mehnat staji (sog‘liqni saqlash tizimida tajribaga ega bo‘lish ustuvorlik beradi). «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi, «Byudjet kodeksi» va sog‘liqni saqlash tizimiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarini bilishi. Davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish, tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish tartiblari haqida habardorligi. Mehnatga haq to‘lash, shtat jadvallarini shakllantirish va tariflash tartiblarini bilishi. UzASBO (Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi dasturi). Ye-Xarid (Davlat xaridlari elektron tizimi). argos.uz (Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari portali). MS Office (ayniqsa Excel dasturida murakkab formulalar va jadvallar bilan ishlash) kabi davlat moliyaviy tizimlarining elektron platformalarida mustaqil ishlay olishi zarur. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunining 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas.
Tajriba: kamida 2 yil