Tez tibbiy yordam stansiyasi reanimatsion chaqiruv brigada anesteziolog-reanimatolog vrachi

Doimiy Ish
📍 Xorazm viloyati, Urganch shahri 💰 5 900 000 so'm 👁️ 3 ko'rish 📅 09.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filiali Bo'lim: Tuproqqal'a tuman stansiyasi Vazifalar: Ish faoliyatida navbatchilik jadvaliga muvofiq, TTYo uchun tasdiqlangan maxsus kiyimda, odob axloq normalariga rioya qilgan holda, ish vaqti boshlanishiga tayyor xolatda bo‘lishi. Hayotiy ko‘rsatkichlar buzilishi (yurak, nafas to‘xtashi, og‘ir shok, koma, og‘ir nafas yetishmovchiligi) holatida quyidagi choralarni amalga oshirish:  Sun’iy nafas oldirish (Ambu maskali, intubatsiya orqali);  Yurak massaji, defibrillatsiya  Vena ichiga infuziya va dori vositalari yuborish;  Koma yoki shok algoritmlarini qo‘llash. Reanimatsion apparaturalar (monitor, pulsoksimetr, defibrillyator ventilator, ambu, laringoskop va b.) kislorod ballonlaridan foydalanish, texnik holatini tekshirish, ularni to‘g‘ri saqlanishini nazorat qilish. Bemorni reanimatsion holatda statsionar muassasaga yotqizish zarurati tug‘ilganda, xavfsiz transportirovkani ta’minlash va buni ATAT (elektron) tizimida to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirish.. Reanimatsion dori vositalarini (shu jumladan narkotik va kuchli ta’sir qiluvchi) belgilangan tartibda qo‘llash va hisobini yuritish. Brigada tarkibidagi boshqa xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, muolajalarni nazorat qilish. Voqea joyida o‘zini va brigada a’zolarini xavfdan asrash chora-tadbirlarini ko‘rish. Har bir chaqiruvdan so‘ng , elektron chaqiruv kartasini aniqlik bilan to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirish, dori sarfi (Apteka modul sistemasida), harakatlar ketma-ketligi, EKG natijalari, barcha tibbiy manipulyatsiyalar, xizmat davrida bo‘lgan har qanday holatni tizimda qayd etish. Tibbiy sir saqlanishi, bemor axborotining maxfiyligi va kasbiy deontologiya tamoyillariga qat’iy amal qilish. Ish faoliyatida tashkilot ichki tartib qoidalari, mehnat muhofazasi, yong‘in xavfsizligi, texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalariga qatiy rioya qilishi va shu hujjatlar asosida ishni tashkil etish. Lavozim doirasida xizmat yozishmalari, hisobotlar va topshiriqlarni elektron tarzda olib borishni bilish, hujjatlarni lotin alifbosida yuritish. Jamoat ishlarida faol ishtirok etish. O‘z vazifalari bo‘yicha zamonaviy bilimlarni muntazam yangilab borish, har 5(besh) yilda kamida 1 marotaba malaka oshirish kurslarida qatnashib yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi. Qonun xujjatlarida belgilangani kabi, talab etilgan ish staj yillarida, belgilangan malaka toifasiga ega bo`lishi shart. O‘z faoliyatida Sog‘liqni saqlash vazirining 2022-yil 24-martdagi “Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksi” to‘g‘risidagi 88-son buyrug‘i va Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori tomonidan 2025-yil 12-fevralda tasdiqlangan “Markaz va uning hududiy filiallari xodimlarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida”gi 16/ICH-son buyrug‘i talablariga qat’iy rioya etish. Ish sharoitlari: Smenali ishda ish vaqti rejimi. Manzil / aloqa: Хоразм вилояти .Урганч шаҳар. К.Атаниязов кучаси 1 уй 998919930333

✅ Talablar

Anesteziolog-reanimatolog vrach lavozimiga oliy tibbiy ma’lumotga ega, “Anesteziologiya va reanimatologiya” yo‘nalishida, diplom, ixtisoslik sertifikatga ega mutaxassis vrach tayinlanadi. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba