Катта муҳаррир

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Shayxontohur tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 10.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Toshkent viloyati teleradiokanali Bo'lim: Televideniye guruhi Vazifalar: Katta muharrir teleradiokanal dasturlarining haftalik va oylik tematik ish rejalarini tuzishda bevosita ishtirok etadi. Bosh muharrir va uning o‘rinbosari tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajaradi. Teleradiokanal ko‘rsatuvlarining saviyali chiqishiga munosib hissa qo‘shishga hamda o‘zi tahrir qilgan matnlarning faktik va badiiy to‘g‘riligiga javobgardir. . Mualliflarning materiallarini tahrir qiladi, keltirilgan dalillarning to‘g‘riligini ta’minlaydi. Mualliflar bilan zarur qisqartirishlar, qo‘shimchalar va to‘ldirishlarni kelishadi, zarur holatlarda materiallarga taqriz yozishni tashkillashtiradi. Muallif materiali va nomining daxlsizligini ta’minlaydi. Ssenariylarni o‘z vaqtida tasvirga olish guruhi (ijodiy brigada)ga topshirilishini, ssenariy bo‘yicha qatnashchilarning ko‘rsatuv (eshittirish)larda o‘z vaqtida qatnashishlarini ta’minlaydi. Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tasvirga olish guruhi (ijodiy brigada) ishida qatnashadi. O‘z vakolati doirasida tasvirga olish (yozib olish), montaj, ovoz berish jarayonida rejissyorga o‘z takliflarini beradi. Tayyor materiallarni topshirishda qatnashadi. Ish sharoitlari: 5 kunlik, 09:00-18:00

✅ Talablar

Jurnalistika yoki filologiya, boshqa tegishli turdosh soha (efir talabidan kelib chiqib) yo‘nalishidagi oliy ma’lumot, jurnalistik faoliyati bo‘yicha 3 yillik ish staji Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba