navbatchi vrach psixiatr

Doimiy Ish
📍 Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri 💰 2 550 000 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 10.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Qashqadaryo viloyati filiali Bo'lim: Ishonch telefoni Vazifalar: Navbatchilik vaqtida kelgan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish va ruhiy holatini baholash. Dastlabki tashxis qo‘yish hamda zarur tekshiruvlarni belgilash. Davolash rejasini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish. Dori vositalarini oqilona va xavfsiz tarzda buyurish hamda ularning samaradorligini baholash. Shoshilinch psixiatrik yordam ko‘rsatish va zarurat tug‘ilganda boshqa mutaxasisga jo‘natish. Amaldagi qonunchilik, Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruqlari va ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish. Navbatchilik yakunida navbatni belgilangan tartibda topshirish va muhim ma’lumotlarni keyingi navbatchi shifokorga yetkazish. Ish sharoitlari: navbatchilik grafik asosida

✅ Talablar

Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi. Psixiatriya mutaxassisligi bo‘yicha tayyorgarlikdan (internatura, ordinatura yoki qayta tayyorlash kurslari) o‘tgan bo‘lishi, amaldagi mutaxassislik sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. Ruhiy kasalliklarni tashxislash va davolash bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishi. Psixotrop dori vositalarini qo‘llash, ularning nojo‘ya ta’sirlari va qarshi ko‘rsatmalarni bilish. Tibbiy etika va deontologiya va bemor huquqlariga ega bo‘lishi. Tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri yurita olish va axborot texnologiyalaridan foydalana olish.

📎 Manba