G‘uzor tumani hokimligi Energiya menejeri

Doimiy Ish
📍 Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani 💰 6 500 000 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 10.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: G'uzor tumani hokimligi Bo'lim: Бошқарув аппарати Vazifalar: O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha Manzil / aloqa: G'uzor shahri,Mustaqillik ko'chasi,14-uy +998755521207

✅ Talablar

1.Oliy ma’lumot. 2.Davlat organlari, energetika sohasi yoki muhandislik yo‘nalishida kamida 2 yil ish tajribasi. 3.O‘zbekiston Respublikasining energiya samaradorligi, elektr energetikasi, tabiiy gazdan foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda kommunal sohalarga oid qonunchilik hujjatlarini bilishi. Byudjet tashkilotlari va davlat muassasalarida energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya sarfini tahlil qilish va hisobini yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi. 4.Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, energiya auditlari natijalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularning ijrosini nazorat qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi. 5.Kompyuter texnologiyalari, elektron hujjat aylanishi tizimlari va maxsus hisobot dasturlaridan foydalana olishi. 6.Tahliliy fikrlash, ma’lumotlar bilan ishlash, hisobot tayyorlash, tashkilotchilik va muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lishi. 7.Davlat tilini yaxshi bilishi, xizmat hujjatlari, tahliliy ma’lumotlar va hisobotlarni mustaqil tayyorlay olishi. 8.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini bilishi va ularga qat’iy rioya qilishi. Tajriba: kamida 2 yil

📎 Manba