"Yoshlik-2" mahallasi hokim yordamchisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Bekobod tuman hokimligi
Bo'lim: Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha xokim yordamchilari
Vazifalar:
1. Mahalladagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga ko‘maklashish uchun ustuvor ravishda mahalladagi muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlikda faoliyatini olib borish; respublika vakillari bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash; ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish; amalga oshirilgan ishlar natijadorligi yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bilan birgalikda doimiy ravishda hokimga hisobot berish.
Ish sharoitlari:
dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
Toshkent viloyati Bekobod tumani, 111000 Mustaqillik ko'chasi 1-uy
998719351350
✅ Talablar
1. Oliy ma'lumotli (soliq,iqtisodiy strategik boshqaruv, davlat boshqaruvi, bank va moliya, menedjment, marketing, biznes boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy ilmiy) yo‘nalishlarida oliy maʼlumotga ega bo‘lishi, shuningdek, davlat organlarida ko'p yillar ishlaganlarga (Kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lgan), xorijiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar hamda afzallik beriladi (nostrifikatsiya qilingan, top universitetlar qatoriga kiruvchi); 2.Xududda iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy-iqtisodiy strategik dasturlarni ishlab chiqa oladigan, 3.Iqtisodiyotning byudjet-soliq, pul-kredit, tashqi va real sektor yo‘nalishlarida yangicha va samarali yondashuvlarini, xorijiy ilg‘or tajribalarini qo‘llagan holda ishlarni tashkillashtirish, analitik va kreativ fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lish; 4.Mazkur lavozimga Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lgan nomzodlar maʼlumotlari qabul qilinadi; 5.O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yuqori darajada bilish (xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoki ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda oliy taʼlimni bitirgan nomzodlar ijobiy baholanadi); 6.Mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlardan xabardor bo‘lishi va ular bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mohiyatini chuqur anglay olishi.
Tajriba: kamida 3 yil