Bosh mutaxassis
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Qashqadaryo viloyati Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi
Bo'lim: Nodavlat tibbiyot tashkilotlarini muvofiqlashtirish shu'basi
Vazifalar:
Hududdagi nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish.
Nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini nazorat qilishda ishtirok etish.
Tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish hamda takliflar kiritish.
Nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyati boʻyicha maʼlumotlar bazasini yuritish va yangilab borish.
Statistik maʼlumotlar, tahliliy maʼruzalar va hisobotlarni tayyorlash.
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda javoblar tayyorlash.
Litsenziyalash va ruxsat berish jarayonlariga oid hujjatlarni oʻrganish va tegishli xulosalar tayyorlashda ishtirok etish.
Nodavlat tibbiyot tashkilotlari rahbarlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va metodik yordam koʻrsatish.
Shoʻba faoliyatiga oid buyruq, qaror, xat va boshqa xizmat hujjatlari loyihalarini tayyorlash.
Rahbariyat tomonidan yuklatilgan boshqa xizmat vazifalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish.
Ish sharoitlari:
5 ish kuni 9 dan 18;00 gacha
Manzil / aloqa:
Қарши шхар Хонобод Шох кўчаси, 28-уй
99875-224-03-41
✅ Talablar
Oliy maʼlumotga ega boʻlishi (tibbiyot, sogʻliqni saqlashni boshqarish).
Sogʻliqni saqlash tizimida, davlat boshqaruvi organlarida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi.
Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash, litsenziyalash, xususiy tibbiyot faoliyati va tadbirkorlikka oid qonunchilik hujjatlarini bilishi.
Kompyuter savodxonligiga ega boʻlishi, MS Office dasturlari va elektron hujjat aylanish tizimlaridan foydalana olishi.
Tahliliy fikrlash, hujjatlar bilan ishlash va hisobotlar tayyorlash koʻnikmalariga ega boʻlishi.
Davlat tilini mukammal bilishi, rus tilini bilishi ustunlik beradi.
Tibbiy maʼlumotga ega boʻlishi, malaka oshirish kurslarini tamomlaganligi hamda tibbiyot sohasidagi ish tajribasi ustunlik beradi.
Jamoa bilan ishlash, muzokara olib borish va tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlishi.
Tajriba: kamida 3 yil