Zararli organizmlarni tarqalishini prognozlashtirish va monitoring qilish boʻyicha yetakchi mutaxassis
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Toshkent viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarma, O‘zbekistor Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi
Bo'lim: Янгийўл тумани
Vazifalar:
Lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
✅ Talablar
Oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi),
O‘simliklarni himoya qilish, biologiya va qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi boshqa yo‘nalishlarni tamomlagan bo‘lishi kerak. Kamida 3 yil shundan, qishloq xo‘jaligi va agranomiya sohasida kamida 1 (bir) yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi shart.
O‘simliklar karantini va himoyasi sohasi bo‘yicha qonunchilikni, xususan “O‘simliklar karantini tug‘risida’gi qonundan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-son hamda 2022-yil 7-iyundagi 311-son qarorlaridan xabardor bo‘lishi; Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘simliklar kasalliklariga, hashorat va begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlarini olib borish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, mavsum davomida qishloq xo‘jaligi ekinlarining asosiy zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarni rivojlanishi va tarqalganligini tahlillar asosida oylik bashoratnomalarni oldindan tayyorlaydi va joylarga yetkazish, shuningdek, bu borada kelgusi yil uchun dastlabki bashoratnomani ishlab chiqish, hujjatlar tartibini belgilash, davlat tilini bilish (qishloq xo‘jaligi sohasidagi mehnat faoliyati bo‘yicha ilmiy unvonga ega, rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish afzallik hisoblanadi);
Tajriba: kamida 3 yil