Markaziy poliklinikа mudiri o‘rinbosаri - OP, OSHP lаr fаoliyati bo‘yichа vrаch koordinаtor
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Do'stlik tuman tibbiyot birlashmasi
Bo'lim: Maʼmuriyat
Vazifalar:
Markaziy poliklinika tarkibidagi oilaviy poliklinikalar (OP) va oilaviy shifokorlik punktlari (OSHP) faoliyatini muvofiqlashtirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oshirish, tibbiy xizmat ko'rsatishning amaldagi standartlari va klinik protokollarga rioya etilishini ta'minlash.
Ish sharoitlari:
Dushanbadan jumaga qadar haftalik 5 kunlik
Manzil / aloqa:
Do'stlik tumani G'ofur G'ulom MFY Ibn Sino ko'chasi 1-uy
+998882954646
✅ Talablar
Oliy tibbiy ma'lumotga ega bo'lish.
Amaldagi mutaxassislik sertifikati (yoki qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o'tgan bo'lishi).
Sog'liqni saqlash tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo'lish.
Rahbarlik yoki birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida ish tajribasiga ega bo'lish afzallik hisoblanadi.
Sog'liqni saqlash sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi.
Klinik protokollar va tibbiy yordam standartlarini bilishi.
Statistik tahlil, hisobot tayyorlash va elektron axborot tizimlarida ishlash ko'nikmalariga ega bo'lish.
Kompyuter savodxonligi (MS Word, Excel, elektron tibbiy axborot tizimlari) bo'lishi.
Jamoa bilan ishlash, boshqaruv va tashkiliy qobiliyatga ega bo'lish.
Davlat tilini mukammal bilishi, rus tilini bilishi afzallik beradi.