Qora Qo`yli MFY yoshlar yetakchisi

Doimiy Ish
📍 Toshkent viloyati, Bekobod tumani 💰 6 000 000 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 14.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yoshlar ishlari agentligi Bekobod tuman bo'limi Bo'lim: Mahalladagi Yoshlar yetakchisi Vazifalar: Quyidagilar Yetakchining asosiy majburiyatlari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Yoshlar ishlari agentligi Hay’ati va rahbariyatining normativ-huquqiy hujjatlari, buyruq va farmoyishlari topshiriqlari va ko‘rsatmalari, shuningdek m ahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari bilan o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish; mahallada yoshlar o‘rtasida shakllanayotgan salbiy holatlar (sodir etilishi rejalashtirilayotgan jinoyatlar, huquqbuzarliklar va boshqalar) yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga o ‘z vaqtida xabar berish Ish sharoitlari: Dushanba-Juma 9-00-18-00 gacha

✅ Talablar

O'zbekiston Respublikasi fuqorosi bo'lishi, 35 yoshdan oshmagan, Oliy ma'lumotli (Istisno tariqasida tugallanmagan oliy), Harbiy xizmatga borgan ( bir oylik hamda bir yillik), Mazkur lavozimga zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog'ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo'yicha yetarli ko'nikmaga ega bo'lishi, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarga shaxsiy fazilati, fidoyili, sadoqatliligi va Vatanparvarligi bilan namuna ko'rsatgan xolda o'z ortidan yoshlarni ergash tira oladigan shaxslar.Vakansiya e'lon qilingan mahalla xududida istiqomat qilishi yoki yon mahallada istiqomat qilishi kerak

📎 Manba