Умумий амалиёт шифокори (врачи)

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Yakkasaroy tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 15.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yakkasaroy tumani 60-oilaviy poliklinika Bo'lim: Умумий амалиёт бўлими Vazifalar: Umumiy amaliyot vrachining vazifalari quyidagilardan iborat: 6.Biriktirilgan aholiga, alohida bemorlarga, shuningdek butun oila, a’zolariga ham, ularning sog‘lig‘ini himoya qilish, profilaktika va tez-tez uchraydigan kasalliklarni davolash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish. 7.Bemorlarni ixtisoslashgan tibbiy muasasalarga maslahat uchun va yotqizib davolash uchun o‘z vaqtida yuborish. 8.Xizmat ko‘rsatilayotgan hududdagi aholiga, standartlarga muvofiq va mavjud jihoz va uskunalardan kelib chiqib, shifoxonagacha bo‘lgan shoshilinch tibbiy yordamni ko‘rsatish. 9.Xonadonlarga tashrif buyurish, xizmat ko‘rsatilayotgan aholi orasida kasalliklar , shikastlanishlar, nogironlik, o‘limning oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish. 10.Sog‘lom turmush tarzini tashviqot qilish (oqilona ovqatlanishni maslahat berish, kashandalikka, ichkilikbozlikka qarshi kurashish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning afzalliklari). 11.Sanitariya-epidemiyaga qarshi tadbirlar majmuini tashkil etish va o‘tkazish:profilaktik emlashlar, biriktirilgan hududdagi va uy xo‘jaliklaridagi sanitariya holatining umumiy nazorati, yuqumli kasalliklar o‘choqlarida kuzatish tadbirlarini o‘tkazish, xizmat ko‘rsatilayotgan hududda epidemiya vaziyatini tahlil qilish, biriktirilgan aholini xavfli epidemiyali vaziyatlar to‘g‘risida ogohlantirish. 12.Homiladorlarning muntazam nazoratini tashkil etish, xonadonlarida ularning patronajini amalga oshirish, zarur holatlarida kechikmasdan ularni mutaxassislarga yo‘naltirish, har bir hodimlarning tug‘ish uchun tug‘ruqdan oldin DPM( davolash profilaktika muassasasi)ni to‘g‘ri tanlash, tug‘riqdan keyingi kuzatuv va tug‘ruqdan keyingi davrning fiziologik jarayoni tugagach hisobdan chiqarish, tug‘ma nuqsonlar va nasliy kasalliklar sonini kamaytirish. Ish sharoitlari: grafik asosida

✅ Talablar

Umumiy amaliyot vrachi-umumiy pediatr vrach, umumiy amaliyot vrachi-pedagog, umumiy amaliyot pediatri-pedagog(keyingi o‘rinlarda UAV)- “davolash ishi” (“umumiy amaliyot vrachi”), “pediatriya ishi” ixtisosligi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan diplomli mutaxassisi bo‘lib, poliklinikaga biriktirilgan aholiga jinsi va yoshidan qat’i nazar ko‘p ixtisosli birlamchi vrachlik tibbiy yordamini ko‘rsatish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish huquqiga ega

📎 Manba