ОИЛА ШИФОКОРИ

Doimiy Ish
📍 Navoiy viloyati, Nurota tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 15.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Nurota tuman tibbiyot birlashmasi Bo'lim: Кўп тармоқли марказий поликлиника Vazifalar: 1. Umumiy amaliyot vrachi - umumiy pediatr vrach, umumiy amaliyot vrachi - pedagog, umumiy amaliyot pediatri - pedagog (keyingi o‘rinlarda UAV) - «daʼvolash ishi» («umumiy amaliyot vrachi»), «pediatriya ishi» ixtisosligi bo‘yicha oliy tibbiy maʼlumotga ega bo‘lgan diplomli mutaxassis bo‘lib, poliklinikaga biriktirilgan aholiga jinsi va yoshidan qatʼi nazar ko‘p ixtisosli birlamchi vrachlik tibbiy yordamini ko‘rsatish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish huquqiga ega. 2. Umumiy amaliyot vrachi lavozimiga umumiy amaliyot vrachi diplomiga ega bo‘lgan yoki ixtisosligi boshqa bo‘lgan, umumiy amaliyot vrachi mutaxassisligi bo‘yicha dasturni muvaffaqiyatli tugatgan va malakaviy tavsifi talablariga muvofiq sertifikat olgan vrach tayinlanadi. 3. Umumiy amaliyot vrachi yakka tartibda yoki boshqa vrachlar bilan birgalikda (guruh amaliyoti) yordam ko‘rsatadi. Xizmat ko‘rsatilayotgan aholining ijtimoiy-demografik tarkibidan kelib chiqqan holda, vrachlar guruhiga boshqa mutaxassislar, shu jumladan ijtimoiy soha xodimlari qo‘shilishi mumkin. 4. Umumiy amaliyot vrachi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, sog‘liqni saqlashga tegishli regional va hududiy boshqaruv organlari buyruqlari va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlariga hamda mazkur yo‘riqnomaga amal qiladi. 5. Umumiy amaliyot vrachi oilaviy poliklinikaning bosh vrachi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mos ravishda lavozimga tayinlanadi va bo‘shatiladi. Ish sharoitlari: 08-00 15-36 Manzil / aloqa: Navoiy viloyati Nurota tumani U.Yusupov ko'chasi 32 +79-523-11-40

✅ Talablar

Oilaviy shifokor, davolash ishi, Umumiy amaliyot shifokori

📎 Manba