“Xavotog‘” qishloq fuqarolar yig‘inidagi xotin-qizlar faoli
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yangiobod tumani hokimligi
Bo'lim: Oila va xotin-qizlar
Vazifalar:
• xotin-qizlarni oila, mahalla va mehnat jamoalarida ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, zamonaviy namunali oilani shakllantirish, uning maʼnaviy-axloqiy muhitini va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• xotin-qizlarning tadbirkorlik gʻoyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish boʻyicha mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokim yordamchisi bilan hamkorlik qiladi;
• “Ayollar maslahat kengashlari” bilan yaqin hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga koʻmaklashish, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish;
• xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni olib borish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish.
Ish sharoitlari:
09-00 dan 18-00 gacha
Manzil / aloqa:
O'zbekiston Respublikasi, Jizzax viloyati, Yangiobod tumani, 131300, Yangiobod ShFY Mustaqillik ko'chasi 1-uy
+99872-542-11-45
✅ Talablar
• Bakalavr darajasidagi oliy maʼlumotga (barcha sohalarda) ega boʻlishi.
• Istisno tariqasida xotin-qizlar bilan ishlash yoʻnalishida kamida 2 yillik ish tajribaga ega oʻrta-maxsus maʼlumotga ega nomzodlar ham qabul qilinishi mumkin.
• Davlat organlari va tashkilotlarda kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan, tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi, oilali boʻlishi, fuqarolarni tinglash qobiliyatiga va muomala madaniyatiga ega boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlishi lozim.
• Microsoft Office dasturi (Word, Excel, PowerPoint va h.k) dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi lozim.
• Davlat tilini mukammal (rus va ingliz tillaridan sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar ijobiy baholanadi) bilishi zarur.
• Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining
28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas.
Tajriba: kamida 3 yil