Funksional diagnostika EKG hamshirasi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Mirzo Ulug'bek tuman tibbiyot birlashmasi 8-son oilaviy poliklinika
Bo'lim: O‘rta tibbiy xodimlar
Vazifalar:
1. Funksional diagnostika EKG hamshirasi o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir.
2. Funksional diagnostika EKG hamshirasi aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda mijoz huquqining poymol bo‘lmasligini ta’minlash, bemor sirini saqlanishiga erishish, mijoz va hamkasblariga samimiy munosabatda bo‘lishi kerak.
3. Shifokorlar tavsiyalarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarish.
Funksional tekshiruvlar vaqtida bemorlarni kuzatish.
Bemorning ahvoli yomonlashganda shifokorgacha birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish va shifokorni chaqirish.
Funksional tekshiruvlarni o‘tkazish uchun dori-darmonlar, tibbiy uskunalar va ishlatiladigan materiallarni olish.
Xonada sanitariya-epidemiyaga qarshi tartibni saqlash.
O‘tkazilgan tekshiruvlar va dori-darmonlar ishlatilishining hisobini yuritish.
Uskunalar bilan ishlashda texnika xavfsizligiga rioya qilish.
4. Poliklinika ichki tartib qoidolariga rioya qilish.
5. Lavozim yo'riqnomasi bandlariga to'liq rioya qilib ularni o'z vaqtida va sifatli bajarish.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qora-Su-3 mavzesi, Mingbuloq ko’chasi, 40-uy
(998)71 265-69-43
✅ Talablar
O'rta maxsus tibbiy ma'lumotga ega, davolash ishi, hamshirali ishi, feldsherlik ishi, akusherlik ishi yo'nalishini tamomlagan mutaxassis, Zamonaviy klinik-funksional tekshiruvlarga patsientlarni va apparatlarni tayorlash bo‘yicha ixtisos