Umumiy amaliyot hamshirasi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Chirchiq shahar 3-sonli Oilaviy poliklinikasi
Bo'lim: Тиббий бригада ҳамширалари
Vazifalar:
Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda ishtirok etish.
2. Bemorlarni qabul qilish va shifokor ko‘rigiga tayyorlash.
3. Shifokor ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish.
4. Inyeksiya, infuziya, bog‘lam qo‘yish, biomaterial olish va boshqa hamshiralik muolajalarini bajarish.
5. Bemorlarning ahvolini kuzatish, hayotiy ko‘rsatkichlarini (arterial bosim, puls, nafas olish, tana harorati va boshqalarni) nazorat qilish.
6. Shoshilinch holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va zarurat bo‘lsa shifokorni zudlik bilan xabardor qilish.
7. Profilaktik ko‘riklar, emlash va dispanser kuzatuvida ishtirok etish.
8. Sanitariya-gigiyena va infeksiya nazorati qoidalariga rioya qilish.
9. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sanitariya-ma’rifiy ishlarni olib borish.
10. Tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish.
11. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni hisobga olish hamda ulardan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash.
12. Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga, bemor siri va maxfiyligiga rioya qilish.
13. O‘z kasbiy bilim va malakasini muntazam oshirib borish
Ish sharoitlari:
Doimiy haftasiga 36 soat Dushanba-Juma 8:00dan 16:20gacha
✅ Talablar
Hamshiralik ishi yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus yoki oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lish.
Amaldagi qonunchilik va sog‘liqni saqlash tizimining me’yoriy-huquqiy hujjatlarini bilish.
Umumiy amaliyot hamshirasi mutaxassisligi bo‘yicha tayyorgarlik yoki malaka oshirish kurslarini tamomlagan bo‘lish.
Hamshiralik parvarishi, diagnostika va davolash jarayonida shifokorga ko‘maklashish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Birinchi va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni bilish.
Inyeksiya, infuziya, bog‘lam qo‘yish, biomaterial olish, hayotiy ko‘rsatkichlarni o‘lchash kabi amaliy muolajalarni bajarishni bilish.
Sanitariya-gigiyena, aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish.
Tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuritish.
Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga amal qilish.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan va tibbiy axborot tizimlaridan foydalana olish.
O‘z kasbiy malakasini muntazam oshirib borish.