медицина бригада доя
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Kegeyli tuman tibbiyot birlashmasi
Bo'lim: № 69 КОП
Vazifalar:
Homilador ayollarni qabul qilish, ularning holatini kuzatish va tibbiy nazorat olib borish. Homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrda tibbiy yordam ko‘rsatish. Ona va chaqaloq salomatligini nazorat qilish, patronaj ishlarini amalga oshirish. Ayollar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlik bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish. Shifokor ko‘rsatmalariga muvofiq muolaja va tibbiy tadbirlarni bajarish. Tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish. Sanitariya-epidemiologiya talablari, tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qilish hamda lavozim yo‘riqnomasida belgilangan boshqa vazifalarni bajarish.
Ish sharoitlari:
haftasiga 5 kunlik, shanba va yakshanba kunlari dam olish kunlari, 36 soattan oshmagan holda, soat 09:00 dan 17:12 gacha
Manzil / aloqa:
Кегейли гузари №6
+998614121450
✅ Talablar
Nomzod o‘rta tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi, «Akusherlik ishi» yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi va amaldagi malaka sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. Homilador ayollarga tibbiy yordam ko‘rsatish, homiladorlik davrini kuzatish, tug‘ruqqa tayyorlash, ona va chaqaloq salomatligini nazorat qilish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi. Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qilishi, mas’uliyatli va kasbiy yondashuvga ega bo‘lishi kerak.