Farg‘ona shahar “Beshbola” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli

Doimiy Ish
📍 Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri 💰 5 840 000 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 16.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Farg'ona shahar hokimligi Bo'lim: Farg‘ona shahar mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi xotin-qizlar faollari Vazifalar: Lavozim yo'riqnomasi talablarini bajarish. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba. Dam olish kuni: yakshanba. Ish vaqti: 08:00 dan 15:00 gacha Manzil / aloqa: Farg'ona viloyati Farg'ona shahri, Nurafshon ko'chasi 15-uy 998 73 243 91 51

✅ Talablar

Oliy ma’lumotga (istisno tariqasida o‘rta-maxsus) ega bo‘lishi kerak. Tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi; Oilali bo‘lishi; Kompyuterdagi dasturiy majmualar Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarida erkin ishlashi va biriktirilgan planshetlarda, internet dasturlarida ishlay olishi; Davlat rahbari tomonidan Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi islohotlardan, xususan, xotin-qizlar yo‘nalishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo‘lishi; Fuqarolarni tinglash qobiliyatiga va muomala madaniyatiga ega bo‘lishi; Fuqarolarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qila olishi; Fuqarolarga yordam ko‘rsatishda adolatlilik, halollik, xolislik tamoyiliga qat’iy amal qilishi va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi; Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishi; Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi va sadoqatli bo‘lishi; Ichki ishlar organlari bilan birgalikda notinch, noqobil oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshira olishi; Ta’lim muassasalarida o‘quvchi qizlarning tarbiyasi va ularning ongida oilaviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, oilaviy hayotga tayyorlash tadbirlarini ta’sirchan usullarda tashkil eta olishi; Mahalla hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish yo‘l-yo‘riqlarini bilishi va ularni o‘z atrofiga jipslashtira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi va kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak. Rus va ingliz tillarini bilishi ustunlik beradi. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba