1-hudud Baymoq MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim

Doimiy Ish
📍 Namangan viloyati, Namangan shahri 💰 5 082 000 so'm 👁️ 3 ko'rish 📅 16.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Ijtimoiy himoya milliy agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Bo'lim: Chust tumani "Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining Vazifalar: Mehnat staji Kamida 1 yillik mehnat tajribasiga ega boʻlishi talab etiladi. Bunda, ijtimoiy ish, davlat boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki ijtimoiy sohalarga, shu jumladan ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oila (shaxslar) bilan ishlash koʻnikmalari mavjud nomzodlarga ustuvorlik beriladi Ijtimoiy ish (60920100, 70920101), psixologiya (60310900, 60920100, 70110102, 70311002, 70910216, 70920101, 70310901), maktabgacha taʼlim psixologiyasi va pedagogikasi (60110300) defektologiya (60112700, 70110401), ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot va psixologik xavfsizligi (70311002), yoʻnalishining xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlash (psixolog) (61030200, 71030201) yoʻnalishlarida oliy maʼlumotga ega boʻlgan nomzodlardan 1 yillik mehnat staji, mazkur yoʻnalishlarda sirtqi taʼlimda bitiruv kursi talabalaridan oliy (bakalavr) maʼlumot va 1 yillik mehnat staji talab etilmaydi. Bilishi lozim: – aholiga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish borasida qonunchilik hujjatlari, soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni va uni hayotga tatbiq etish usullarini bilishi, yuklatilgan vazifalarga professional darajada yondashishi, doimiy ravishda malakasini oshirish; – ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish nazariy yondashuvlari boʻyicha bazaviy bilimlarga ega boʻlish; – ijtimoiy ishning professional axloqiy tamoyillarini qoʻllay olish koʻnikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa oʻrnatish koʻnikmalarini namoyish etish; – shaxslararo munosabatlarni tashkil etish koʻnikmalariga ega boʻlish (turli yoshdagi va holatdagi shaxslar bilan), kuchli muloqot qobiliyatlari, empatiya, asosiy psixologiyani bilish, tashkilotchilik qobiliyati, stressni boshqarish qobiliyati; – jamoada ishlash qobiliyati va idoralararo hamkorlik doirasida faoliyat olib borishi, masʼuliyatli boʻlish; – ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslublaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor boʻlish; – vaziyatni boshqarish koʻnikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish rejalashtirish, xizmatlarni muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini kuzatish va qayta-koʻrib chiqish). Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k.), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmogʻida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi. Xorijiy tilni bilish darajasi: Rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi. Qoʻshimcha talablar - davlat tilida ish yuritish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi; - jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik hamda tezkor qaror qabul qilishda professional yondashish, professional ish etiketi, muomila madaniyatiga, ishchan va stress holatlariga chidamlilik qobiliyatlariga ega boʻlishi; - korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar boʻyicha asosiy tushunchaga ega, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha huquqiy ongi, huquqiy madaniyati va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllangan boʻlishi; - soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi; - Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida» 2022-yil 8-avgustdagi OʻRQ-788-son Qonuni 13-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq cheklovlardan xabardor boʻlishi va unga qatʼiy amal qilishi. Lavozimga qabul qilish mumkin boʻlmagan nomzodlar: — oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar; - sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; - sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar; - korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar; - ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar; - tibbiy xulosaga asosan sogʻligʻining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar; - davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar. Ish sharoitlari: Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha. Dam olish kunlari: Shanba, Yakshanba. Manzil / aloqa: Namangan shahar, Baynalmilal MFY, Nodira ko‘chasi, 9-uy. +998337077071

✅ Talablar

Oliy (bakalavr) maʼlumotga ega boʻlishi lozim, bundan ijtimoiy ish, tibbiy-ijtimoiy ish (tibbiy-ijtimoiy xodim (40920102)), ijtimoiy muhofaza (pensiya jamgʻarmasi inspektori, ijtimoiy-maishiy xizmatlar koʻrsatish inspektori) (40410701), davlat-huquqiy faoliyat (50420101), yuridik xizmat (50420102), sud-huquqiy faoliyat (50420103) yoʻnalishlari boʻyicha oʻrta-maxsus maʼlumotga ega nomzodlar, mustasno. Bunda: oliy (bakalavr) maʼlumotli shaxslar oʻrta-maxsus maʼlumotga ega nomzodlarga nisbatan; ijtimoiy ish va psixologiya yoʻnalishida taʼlim olgan, shuningdek, oliy maʼlumot ega boʻlib xalqaro tashkilotlar tomonidan ijtimoiy ish boʻyicha tashkil etilgan treninglardan oʻtgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlash boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlgan shaxslarga oliy (bakalavr) maʼlumotli nomzodlarga nisbatan; magistr, falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, fan doktori (DSc) ilmiy daraja yoki dotsent, professor ilmiy unvoniga ega shaxslarga oliy (bakalavr) maʼlumotli va oʻrta-maxsus maʼlumotli nomzodlarga nisbatan ustuvorlik beriladi.

📎 Manba