boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi
Bo'lim: Infratuzilmani rivojlantirish boshqarmasi
Vazifalar:
Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish tajribasi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi;
Rahbarlik qobiliyatiga, chet el investorlari bilan muzokara va uchrashuvlar o‘tkazishda tajribaga ega bo‘lishi;
sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega yuqori malakali bo‘lish hamda investitsiya va infratuzilma loyihalarini tahlil etib borish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
turistik va rekreatsion hududlarni rivojlantirish va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish;
jamoada ishlash va tashabbuskorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish;
lavozim yo‘riqnomasiga muvofiq funksiya va vazifalarni bajarish;
notiqlik, o‘z fikrini erkin ifodalay olishi lozim.
Ish sharoitlari:
5 kunlik ish haftasi (9 00 dan - 18 00 gacha)
Manzil / aloqa:
Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107B-uy
+998712050600
✅ Talablar
Ma’lumoti: Oliy (Kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi lozim);
Mutaxassislik: Turizm, iqtisodiyot, muhandislik va qurilish sohasi yo‘nalishlari, transport logistikasi (Tanlovning suhbat bosqichida nomzodlarning imkoniyatlari teng bo‘lgan taqdirda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan yoki xalqaro TOP-500, TOP-1000 ro‘yxatidagi OTMlarni tugatgan nomzodlarga qo‘shimcha ball beriladi. Bunda qo‘shiladigan ball Tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi hamda baholash mezoniga kiritiladi);
Mehnat staji: Mehnat faoliyatining oxirgi 10 yilligida Davlat boshqaruv organlarida sohaga oid yo‘nalishda kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan, shundan kamida 1 yili rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi (Kamida 3 yillik mehnat stajiga ega, shundan kamida 1 yili ikki yoki undan ortiq xodimlarga rahbarlik qilgan bo‘lishi lozim);
Davlat tilini bilishi: Suhbat jarayonida og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini uzviy ifoda eta olishi lozim;
Ingliz yoki xorijiy tillardan kamida bittasini B2 darajasida bilishi (Ingliz tilini (IELTS 5,5, yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish to‘g‘risidagi sertifikat-CEFR B2 darajasida) bilish);
Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi (Word, Excel, PowerPoint kabi ilovalar hamda Internet tarmog‘ida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Nomzodning test sinovi bosqichida AKT yo‘nalishida berilgan savollarga javobi suhbat jarayonida inobatga olinadi. Bunda test sinovi natijasi bo‘yicha qo‘yiladigan ball Tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi hamda baholash mezoniga kiritiladi. Test sinovi savollari tarkibidagi AKT yo‘nalishi vazni tashkilot tomonidan belgilanadi);
Tajriba: kamida 3 yil