Bo‘lim boshlig‘i
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Xorazm viloyati soliq boshqarmasi
Bo'lim: Soliq ma’murchiligini tahlil qilish va baholash bo‘limi
Vazifalar:
- ish taqsimoti va Lavozim yo‘riqnomasi bo‘yicha vazifalar, Soliq kodeksida belgilab berilgan va hukumat qaror, farmonlari bilan yuklatilgan majburiyatlarni bajarish;- ish faoliyatiga yangilik va innovatsion g‘oyalarni tatbiq etish; davlat budjetiga tushumlarni oshirishga o‘z hissasini qo‘shish.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.
Manzil / aloqa:
Xorazm viloyati Urganch shahri Islom Karimov shoh ko'chasi 124-yu
998622231109
✅ Talablar
Tanlovda oliy ma’lumot darajasidan kam bo‘lmagan iqtisodiyot ta’limi sohasidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar ishtirok etishi mumkin. Shuningdek: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan; jinoyat sodir etganligi uchun ilgari sudlangan fuqarolar ularga nisbatan jazo qo‘llanilganligidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar (ehtiyotsizlik orqasida, shu jumladan, mansab mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqarolar bundan mustasno); belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan; mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ilgari ish beruvchining tashabbusi bilan davlat soliq xizmati organlaridan bo‘shatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 1, 2 va 5-bandlari bo‘yicha bo‘shatilgan holatlar bundan mustasno), shuningdek, boshqa organ va tashkilotlardan obro‘sini to‘kadigan xatti-harakat sodir etganlik uchun bo‘shatilgan shaxslar qabul qilinmaydi. Iqtisodiyot sohasidagi davlat idora va tashkilotlarida kamida 3 yil ish staj.
Tajriba: kamida 3 yil