Tibbiyot birlashmasi boshlig'ining davolash ishlari bo'yicha o'rinbosari
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yozyovon tuman tibbiyot birlashmasi
Bo'lim: Mamuriyat
Vazifalar:
Lavozim yo'riqnomasida ko'rsatilgan talablar asosida ishlash
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Ўзбекистон Республикаси Фарғона вилояти Ёзёвон тумани А.Навоий кўчаси 17-уй
734121241
✅ Talablar
Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi, klinik mutaxassisliklardan biri bo‘yicha mutaxassislik (internatura, klinik ordinatura, magistratura yoki qonunchilikda belgilangan boshqa tayyorgarlik)ni tamomlagan bo‘lishi, Sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha malaka oshirgan yoki qayta tayyorlashdan o‘tgan bo‘lishi (amaldagi talablarga muvofiq), shifokor sifatida kamida 5 yil ish stajiga, shu jumladan rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega bo‘lishi. Amaldagi sertifikat yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa malaka hujjatlariga ega bo‘lishi, Davlat tilini bilishi, kompyuter va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash sohasiga oid qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlarini, Davolash-diagnostika jarayonini tashkil etish tartibini, klinik protokollar va tibbiy standartlarni, tibbiy yordam sifati va xavfsizligini ta’minlash talablarini, sanitariya-epidemiologiya qoidalari va mehnat muhofazasi talablarini, tibbiy hujjatlarni yuritish tartibini bilishi lozim. Davolash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, tibbiy yordam sifati ustidan nazorat o‘rnatish, klinik protokollar ijrosini ta’minlash, shifokorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tahlil qilish, asoratlar, o‘lim holatlari va klinik holatlarni tahlil qilish, bemorlar huquqlari va tibbiy etika qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, davolash ishlari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash ishlari bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi kerak.
Tajriba: kamida 3 yil