Potranaj hamshira
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Chirchiq shahar 3-sonli Oilaviy poliklinikasi
Bo'lim: Тиббий бригада ҳамширалари
Vazifalar:
Aholiga, ayniqsa homilador ayollar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, bolalar va surunkali kasalligi bo‘lgan bemorlarga uy sharoitida patronaj xizmatini ko‘rsatish.
Bemorning sog‘lig‘ini muntazam kuzatish va uning holatini baholash.
Shifokor tavsiyalarini bajarish va davolash jarayonida hamkorlik qilish.
Zarur tibbiy muolajalarni (bog‘lam qo‘yish, inʼeksiya qilish, arterial bosim, tana harorati va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘lchash) belgilangan tartibda bajarish.
Homilador ayollar va bolalar parvarishi, ovqatlanish, emlash hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha maslahat berish.
Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha sanitariya-gigiyena va profilaktika ishlarini olib borish.
Tibbiy hujjatlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish.
Zarurat tug‘ilganda bemorni shifokorga yoki davolash muassasasiga yo‘naltirish.
Kasbiy odob-axloq qoidalariga, bemor siri va tibbiy maxfiylikka rioya qilish.
Ish sharoitlari:
Doimiy haftasiga 36 soat Dushanba-Juma 8:00dan 16:20gacha
✅ Talablar
Tibbiyot kollejini yoki texnikumini hamshiralik ishi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bo‘lish.
Patronaj xizmati bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Homilador ayollar, chaqaloqlar, bolalar, keksalar va surunkali kasalligi bor bemorlarga uy sharoitida tibbiy xizmat ko‘rsatishni bilish.
Sanitariya-gigiyena qoidalari, profilaktika ishlari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qila olish.
Tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri yurita olish.
Zarur hollarda malaka oshirish kurslaridan o‘tgan bo‘lish.