Oftalmolog shifokori
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: 72-sonli oilaviy poliklinika
Bo'lim: Oila shifokori
Vazifalar:
1. Diagnostika va TekshiruvKo‘rish qobiliyatini tekshirish: Ko‘z o‘tkirligini, rang ajratishni va ko‘rish maydonini aniqlash.Apparat diagnostikasi: Ko‘z tubini, ko‘z ichki bosimini (tonometriya), shox parda va gavhar holatini maxsus uskunalar yordamida tekshirish.Kasalliklarni aniqlash: Katarakta, glaukoma, kon'yunktivit, miyopiya (yaqindan ko‘rish), gipermetropiya (uzoqdan ko‘rish) va boshqa ko‘z kasalliklarini tashxislash.2. Davolash va Tibbiy YordamKonservativ davolash: Ko‘z kasalliklarini dori vositalari (tomchilar, malhamlar, in’eksiyalar) yordamida davolash.Jarrohlik amaliyotlari: Ko‘z yoki uning qo‘shimcha a’zolarida (qovoqlar, yosh yo‘llari) jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish (masalan, kataraktani olib tashlash, lazer tuzatish).Tug‘ruqdan keyingi va bolalar oftalmologiyasi: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan tortib, o‘smirlargacha ko‘z sog‘lig‘ini nazorat qilish va davolash.3. Profilaktika va ReabilitatsiyaKasalliklar profilaktikasi: Ko‘z kasalliklarini oldini olish bo‘yicha maslahatlar berish.Optik tuzatish: Ko‘zoynak yoki kontakt linzalarini tanlash va buyurish.Reabilitatsiya: Ko‘z jarohatlari yoki jarrohlik amaliyotidan keyin ko‘rish qobiliyatini tiklash
Ish sharoitlari:
grafik asosida
✅ Talablar
1. Oftalmolog vrachi aholiga poliklinikada yuqori toifada oftalmologik tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
- Oftalmologik xizmat yo‘nalishini rivojlantirish va ushbu soha uchun tibbiy kadrlar tayyorlashni rejalashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
- Aholi sog‘lig‘ini himoya qilishning mahalliy xususiyatlari va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishning milliy modeli talablaridan kelib chikqan holda tizimning kompleks va proporsional rivojlanishini ta’minlash;
- Davolash-profilaktika muassasalari faoliyatiga diagnostika, davolash va reabilitatsiyaning yangi zamonaviy usullarini tadbiq etish, sog‘liqni saqlash tizimining mavjud moddiy resurslaridan unumli foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish.
- oftalmologi o‘z faoliyatida “O‘R. fuqarolarining sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga, tuman tibbiyot birlashmasining bosh mutaxassislari va konsultantlari to‘g‘risidagi Nizomga va O‘R. SSV va ShSSBBning boshqa rasmiy xujjatlariga asoslanadi.
2. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda asosiy e’tibor aholi salomatligini mustaxkamlashga, kasallanish, mehnatga vaqtincha yaroqsizlik, nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga qaratilmog‘i lozim.
3.Bemorlarni o‘z vaqtida klinik-diagnostik tekshiruvlaridan o‘tkazib, rejali ravishda tibbiy muolajalarini standart asosida belgilangan xolda amalga oshiradi.
4. Kerakli vaqtda bemorlarni bo‘lim mudiriga va poliklinikadagi uchastka vrachi, hamda boshqa tor doiradagi mutaxassislarga va boshqa tibbiy tashkilotlarga konsultatsiyaga yuboradi.
5.Bemorlarning ishga qobiliyatsizlik davrida mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi ochadi.
6.Axolini dispanserizatsiyasi bo‘yicha kompleks ishlarini tashkil etish ( dispanser bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni ro‘yxatga olish, tibbiy-oqartuv ishlarini o‘tkazish va o‘z vaqtida davolash) nozologik formaga binoan dispanser ro‘yxatni to‘g‘ri tashkil etish dispanser ruyxatga kiruvchilar ustidan nazoratini sifatli tashkil etish va tahlil qilish;
- Axolini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda faol qatnashish;
- Axoli o‘rtasida, maktab, bog‘cha va tashkilotlarda profilaktik ishlarini o‘tkazish;
- Doimiy ravishda aholi o‘rtasida tibbiy oqartuv ishlarini olib borish;
- Oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, inson salomatligi, ayniqsa ayollar va o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligini muxofaza qilish, sog‘lom turmush tarziga sanitariya va gigiena me’yorlariga amal qilish haqida axoli orasida targ‘ibot ishlari olib borish;
7.Vrachning ish vaqti bosh vrach tasdiqlangan jadval asosida tuziladi;
8.Vrach har 5 yilda o‘z tibbiy malaka saviyasini vrachlar malaka oshirish institutida oshirish va malaka toifasini oladi;