Статист Шифокори
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: 66-sonli oilaviy poliklinikasi
Bo'lim: Тор соха Шифокорлар
Vazifalar:
Tashkilotning tibbiy-statistik hisobini yuritish.
Tibbiy faoliyat bo‘yicha birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish, tekshirish va umumlashtirish.
Belgilangan muddatlarda tibbiy-statistik hisobotlarni tayyorlash va tegishli tashkilotlarga taqdim etish.
Tibbiy ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligi va ishonchliligini nazorat qilish.
Bemorlar, tashriflar, kasallanish, davolanish va boshqa tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha statistik ma’lumotlarni shakllantirish.
Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va rahbariyatga tahliliy ma’lumotlar taqdim etish.
Tibbiy hujjatlarda statistik ma’lumotlarning to‘g‘ri aks ettirilishini nazorat qilish.
Elektron tibbiy axborot tizimlariga zarur statistik ma’lumotlarni kiritish va ularning to‘g‘riligini tekshirish.
Yuqori turuvchi sog‘liqni saqlash tashkilotlarining statistik hisobotlari va topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish.
Statistik ma’lumotlarni belgilangan tartibda saqlash va maxfiyligini ta’minlash.
O‘z vakolati doirasida aniqlangan kamchiliklar haqida rahbariyatga axborot berish.
Lavozimiga tegishli boshqa topshiriqlarni amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlarga muvofiq bajarish.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Тошкент шахар Янгихаёт тумани 9-қурулиш худуди Мархамат мфй
99-470-90-57
✅ Talablar
Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi.
“Davolash ishi”, statistika faoliyatiga mos boshqa tibbiy yo‘nalish bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi.
Tibbiy statistika, sog‘liqni saqlashni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishi.
Tibbiy-statistik hisobotlarni tuzish va yuritish tartibini bilishi.
Tibbiy hujjatlarni yuritish va ma’lumotlarni tahlil qilish qoidalarini bilishi.
Kompyuter va tegishli axborot tizimlaridan foydalanishni bilishi.
Amaldagi mehnat qonunchiligi, sog‘liqni saqlash sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar va tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalarini bilishi.