Bosh mutaxassis
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: G`uzor tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi
Bo'lim: Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha
Vazifalar:
Lavozimga mos asosiy vazifalar:
1. Sanoat korxonalarini joyiga chiqqan holda muammolarini aniqlab, ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan Respublika shtabiga maʼlumotlar kiritib borishi;
2. Hududdagi sanoat korxonalarini va ularning muammolarini shaxsan joyiga chiqib o‘rganish. Maʼlumotlarni chuqur tahlili asosida zarar ko‘rgan va aylanmasi kamaygan korxonalar bilan manzilli ishlashni tashkil qilish;
3. Sanoat sohasini rivojlantirish bo‘yicha strategiya, dasturlar joriy qilish, ichki va tashqi bozorda yuqori talabli tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish hamda yangi yo‘nalishdagi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
4. Iqtisodiyotni rivojlantirish hamda hudud Sanoatiga taalluqli Hukumat qarorlari, nizomlari, qoidalari, ko‘rsatmalari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
5. Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va qaror loyihalarini baholash nuqtayi nazaridan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan sanoat tarmoqlarining dasturlarini o‘zaro bog‘liqligini taʼminlash mexanizmini amalga oshirish;
6. Sanoatning tegishli yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha statistik hisobotlar va hisobot berish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
7. Sanoatning tegishli yo‘nalishlariga investitsiya loyihalarining keng jalb etilishi bilan bog‘lagan holda mahsulot ishlab chiqarishning qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda hamda respublika iqtisodiyoti va sanoatining ko‘p tarmoqli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
8. Sanoatning tegishli yo‘nalishlarida doimiy ravishda maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi, yuritilishi va yangilab borilishini taʼminlash.
9. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Ish sharoitlari:
dushanbadan jumagacha soat 9-00 dan 18-00 gacha
✅ Talablar
Lavozimga iqtisodiyot sohasidagi yoʻnalishlar boʻyicha tugallangan oliy maʼlumotga ega bo’lgan hamda ushbu yoʻnalisha kamida 1 (bir) yillik ish stajiga ega, sohaga oid qonunchilikni mukammal darajada bilishi, Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (MS Office) mukammal darajada ishlay olishi, odob-axloq madaniyatini bilishi, shuningdek jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Tajriba: kamida 1 yil