Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Qashqadaryo viloyat Chiroqchi tumani loyiha ofisi bosh mutaxassisi

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Shayxontohur tumani 💰 4 690 000 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 20.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi Bo'lim: Qashqadaryo viloyati bo'limi Vazifalar: Iqtisodiy jihatdan samarasiz va kam hosil beradigan bog‘larni (uzumzorlarni) aniqlash, ularning o‘rnida intensiv bog‘lar (uzumzorlar) barpo etish yoki ularni haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazish bo‘yicha takliflar tayyorlash; - intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etishga yaroqli yer uchastkalarini tanlash va ochiq tanlovga chiqarishga amaliy jihatdan ko‘maklashish; - ajratilayotgan kreditlar doirasida tijorat banklari bilan birgalikda meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi loyihalarni ishlab chiqish; - meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, dukkakli va moyli ekin maxsulotlarini (keyingi o‘rinlarda – meva-sabzavotchilik) yetishtirish, ularni saqlash, saralash, qayta ishlash va eksportini tashkil etishga ko‘maklashish; - issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish, issiqxonada yetishtiriladigan maxsulotlar sifati va turini kengaytirish. Soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari: - sohani rivojlantirish bo‘yicha SWOT tahlil qilish hamda taqdimot tayyorlash qobiliyatiga ega bo‘lish; – qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlardan xabardor bo‘lishi; - xizmatga oid faoliyatini samarali rejalashtirish, yangilikka intiluvchanlik, zamonaviy fikrlash, kommunikativ qobiliyati, faolligi va kasbga fidoyiligi, mustaqil ravishda idoraviy xujjatlarni tayyorlashi, o‘z sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha vakolat doirasida optimal qarorlarni tezkor ravishda qabul qilish va amalga oshirish. Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan yetarli darajada foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi (internet tarmog‘i, Microsoft Office dasturlari). Ish sharoitlari: Dushanbadan Jumaga qadar soat 09:00 - 18:00 gacha Manzil / aloqa: Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Markaz-1 Buyuk Ipak yoʻli mavzesi, 42-uy 95 450 59 50

✅ Talablar

Ma'lumoti: Oliy (Bakalavr va magistratura) Mutaxassisligi: Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti, Agronomiya, bog‘dorchilik, uzumchilik,Mevachilik. Soha bo'yicha davlat idoralarida kamida 3 yillik uzliksiz ish stajiga ega bo'lishi. Chet tillarini bilishi (sertifikatga ega) va PHD ga ega bo'lishi nomzodlarga qo'shimcha ustunlik beradi. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba