navbatchi shifokor-pediatr

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yashnobod tumani 💰 3 700 911 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 21.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yashnobod tumani I.Irgashev nomli shahar 4-son klinik shifoxonasi Bo'lim: Болалар бўлими Vazifalar: - 0 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni profilaktik va davolovchi nazoratga olish, ularning sog‘lig‘ini baholash. - Kasalliklar diagnostikasi va davosini belgilash, zarurat bo‘lsa boshqa mutaxassisga yo‘llash. - Bemor bolalarning ota-onalariga yoki vasiylariga davolash rejasi, parvarishlash qoidalari haqida batafsil tushuntirish. - Emlash (immunizatsiya) kalendariga muvofiq bolalarni vaqtida emlash va nazorat qilish. - Tug‘ma yoki orttirilgan kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika choralarini ko‘rish. - Laborator va instrumental tekshiruvlarga yo‘llash va ularning natijalariga asoslanib qaror qabul qilish. - Shoshilinch holatlarda reanimatsion tadbirlarni o‘tkazish yoki bemorni shoshilinch yordamga yuborish. - Davlat statistika hisobotlarini yuritish, tibbiy hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish. - Bolalar muassasalari (bog‘cha, maktab, internat) bilan hamkorlikda bolalarning sog‘lig‘i holatini kuzatish, salomatlikni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berish. - Mehnat intizomi va tibbiy etikaga rioya qilish, bolalarga va ularning ota-onalariga xushmuomalalik bilan yondashish. Ish sharoitlari: grafik asosida Manzil / aloqa: Ташкент, Яшнободский район, махаллинский сход граждан Бирлашган 71.296-14-22

✅ Talablar

-Tibbiyot Oliy o‘quv yurtining “Pediatriya” yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi. - “Pediatriya” mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatura yoki rezidenturani tugatgan bo‘lishi. - Davlat attestatsiyasidan o‘tgan bo‘lishi va amaliyot uchun litsenziyaga ega bo‘lishi. - Bolalar organizmining anatomik, fiziologik, biokimyoviy va psixologik xususiyatlari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi. - Bolalarda uchraydigan infeksion va somatik kasalliklarning klinikasi, diagnostikasi va davosi bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishi. - Zamonaviy diagnostika usullarini (laborator, instrumental) bilish va ularni amalda qo‘llay olish. - Shoshilinch holatlarda pediatrik bemorga yordam ko‘rsatish, reanimatsion choralarni qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lishi. - Immunizatsiya (emlash) bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi. - Tibbiy etika, deontologiya va bolalar bilan muloyim muloqot qilish qoidalarini yaxshi bilishi.

📎 Manba