Оила шифокори

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 3 ko'rish 📅 22.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Mirzo Ulug'bek tuman tibbiyot birlashmasi 9-son oilaviy poliklinika Bo'lim: умумий амалиёт бўлими Vazifalar: 2. Oilaviy shifokor malakaviy tavsif talablariga muvofiq bilim va malakaga ega bo‘lishi, axoliga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish uchun tegishli amaliy ko‘nikmalarni mustaqil bajara olishi kerak; Jumladan, oilaviy shifokor biriktirilgan axolining muassasada va uyda ko‘riklarini, kasalxonagacha birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishni, profilaktik, immunologik, sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi, diagnostika-davolash va reabilitatsiya tadbirlari majmuini amalga oshiradi. Oilaviy shifokor o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruq va yo‘riqnomalari, tegishli Sog‘likni saqlash xududiy organlari, tuman/shaxar tibbiyot birlashmasi va davolash profilaktika muassasasi rahbarining buyruq va ko‘rsatmalari, shuningdek mazkur Nizomga ko‘ra amalga oshiradi.6. Oilaviy shifokorni lavozimga tayinlash va ozod qilish amaldagi mehnat konunchiligida belgilangan tartibda, muassasa raxbari tomonidan amalga oshiriladi. 7. kasalliklar profilaktikasi maqsadida axoli orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, axolining shaxsiy gigiena koidalariga rioya qilish, kun tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish, to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollikni ta’minlash, ommaviy va individual profilaktika choralari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini xosil qilish ; o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lomlashtirish, onalar va bolalar salomatligini muxofaza qilish, istalmagan xomiladorlikning oldini olish, oilani oqilona rejalashtirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish; “Onalar maktabi" faoliyatini olib borish, bunda yosh onalarni bolalarni ko‘krak suti bilan boqish va oziqlantirish, to‘g‘ri parvarish qilish , o‘sish va rivojlanishini nazorat qilish , chiniktirish va kasallanishini oldini olishga o‘rgatish; xomilador ayolning antenatal nazorati, tuqqan ayolning tug‘ruqdan keyingi ko‘riklarini amalga oshirish; ayollar va bolalarni ratsional ovqatlantirish, ota-onalar va bolalar o‘rtasida bog‘liqlikni rivojlantirish, oilada bola uchun xavfsiz muxit yaratish, jarohatlar va baxtsiz xodisalarning oldini olish, bolalarda motorika va nutqni rivojlantirishda kechikish va boshqalar bo‘yicha bolaning ota onasi va parvarishlovchisiga tavsiyalar berish; extiyojmand axoli (bolalar, xomilador, chilla davridagi ayol va uning chaqalog‘i, yolg‘iz, uyda yotib qolgan keksa va nogironlar) xonadonida maqsadli tibbiy yordam ko‘rsatish va universal-progressiv patronaj tizimini amaliyotga joriy etish; sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar majmuini tashkil qilish va o‘tkazish : profilaktik emlashlar, biriktirilgan xudud va uy xujaliklaridagi sanitariya xolatini umumiy nazorat qilish, yuqumli kasalliklar o‘choqlarida observatsiya tadbirlari, shuningdek biriktirilgan axolini xavfli epidemik vaziyatlar xaqida ogohlantirish; surunkali kasalliklarni erta aniqlash maqsadida profilaktik va maqsadli skrining dasturlarini amalga oshirish, kasallik aniqlanganlarni standart va klinik protokollar asosida olib borish, sog‘lomlashtirish-reabilitatsiya tadbirlarini tashkillashtirish; biriktirilgan xududdagi ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchi va ukuvchilarining chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riqlarini tashkillashtirish, natijalar tahlillarini o‘tkazish , kasallik aniqlanganlarni sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish; surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratiga olingan bemorlarni kasallik darajasi va bemorning xolatidan kelib chiqqan holda individual olib borish, kuzatish, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya rejalarini belgilash va uni tegishli tor soxa mutaxassislari bilan xamkorlikda vakolati doirasida amalga oshirish; kasallik o‘ta og‘ir va notipik ravishda kechayotgan xolatlarda o‘z vaqtida tibbiy konsultatsiya uyushtirish, bemor xolatiga va salomatlik ko‘rsatkichlariga asoslanib ixtisoslashgan tibbiy muassasalarga yullanma berish va yotkizish. o‘rnatilgan tartibda vaqtincha mehnatga layokatsizlik ekspertizasini o‘tkazish va mexnatga layokatsizlikning turg‘un xolatlarida nogironlikni belgilash uchun tibbiy ijtimoiy ekspertiza komissiyasiga o‘z vaqtida yo‘llash va tibbiy xujjatlarni rasmiylashtirish; Xamkor tashkilotlar bilan birgalikda axoli orasida sog‘lom turmush tarzini shakllashtirish, jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ommaviy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish va qatnashish; maxallaning “Salomlik maktabi’' faoliyatini amalga oshirish; aholining salomatlik xolatini o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, maxallaning “Salomatlik profili”ni tuzish va uni ijobiy o‘zgarishishiga erishishda jamoat tashkilotlari va xamkorlarni jalb etish. Faoliyat natijalari yuzasidan tasdiqlangan tibbiy hisob va hisobot xujjatlarini yuritish va brigada a’zolari tomonildan o‘z vaqtida to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash; Ish sharoitlari: grafik asosida

✅ Talablar

Oilaviy shifokorning xuquq lari kuyidagilardan iborat muassasa raxbari va yukori turuvchi soglikni saklash boshkaruv va boshka manfaatdor idoralarga biriktirilgan axoliga tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritish; tibbiy-sanitariya yordam masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar, ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etish, faoliyati umumiy amaliyot shifokorining maqsad va vazifalariga tegishli bo‘lgan turli jamoat va kasbiy tashkilotlarga a’zo bulish; o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustaqil o‘qish sog‘likni saqlash boshqaruv va malaka oshirish muassasasi tomonidan tashkil etilgan qiska muddatli sikl va seminarlarda ishtirok etish yuli bilan takomillashtirish; o‘z malaka toifasiga munosibligini tasdiqlash uchun xar besh yilda bir marta Sog‘likni saqlash vazirligining amaldagi yo‘riqnomalariga muvofiq attestatsiyadan o‘tish; boshqa mutaxassis va tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan va vakolatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarda ishtirok etish; o‘z vakolat doirasiga kirmaydigan vazifalar yuklatilganda undan bosh tortish; Oilaviy shifokor o‘z vazifasini bajarish davrida mazkur Nizom talablari bilan belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishga majburdir. Oilaviy shifokor aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishda mijoz huquqining poymol bo‘lmasligini ta’minlash, bemor sirini saqlanishiga erishish, mijoz va xamkasblariga samimiy munosabatda bo‘lishi kerak. Oilaviy shifokori kuyidagilarga: biriktirilgan xududda uzining faoliyati natijalari, o‘ziga biriktirilgan axoliga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, shuningdek o‘z vazifaviy majburiyatlari hamda o‘ziga biriktirilgan o‘rta tibbiy xodimlarning vazifaviy majburiyatlarini bajarish bilan bog‘lik bo‘lgan va muassasa faoliyatiga yoki bemorlar sog‘lig‘iga zarar yetkazgan xarakatlari yoki xarakatsizliklari; o‘z faoliyati va uziga biriktirilgan o‘rta tibbiy xodimlar faoliyatining amaldagi konunchilik xamda me’yoriy-xuquq iy xujjatlarga muvofikligi; mavjud bulgan tibbiy jixozlar, apparatlar, mol-mulk, shuningdek bemorlarga tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish dori-darmonlarini butligi va ulardan oqilona foydalanish; o‘zi va o‘ziga biriktirilgan o‘rta tibbiy xodimlar tomonidan faoliyati natijalari bo‘yicha tibbiy xisob va xisobot xujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishiga, ulardagi ma’lumotlarning xakkoniyligiga javobgardir. faoliyati natijalari bo‘yicha tibbiy xisob va xisobot xujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishiga, ulardagi ma’lumotlarning xaqqoniyligiga javobgardir.

📎 Manba