врач стоматолог

Doimiy Ish
📍 Navoiy viloyati, Navoiy shahri 💰 2 300 000 so'm 👁️ 3 ko'rish 📅 22.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Bo'lim: Maslahat poliklinikasi Vazifalar: Bemorlarni qabul qilish va stomatologik ko‘rikdan o‘tkazish, bemor shikoyatlari va kasallik tarixini o‘rganish, stomatologik kasalliklarga tashxis qo‘yish, belgilangan tartibda davolash va profilaktika choralarini amalga oshirish, zarur stomatologik muolajalarni sifatli va xavfsiz bajarish, bemorlarga og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi hamda stomatologik kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berish, tibbiy hujjatlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish, sanitariya-gigiyena va infeksiya nazorati talablariga rioya qilish, tibbiy asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanish, bemorlar bilan xushmuomala va professional munosabatda bo‘lish hamda lavozim yo‘riqnomasida belgilangan boshqa vazifalarni bajarish. Ish sharoitlari: 5 kunlik ish haftasi, dushanba–juma kunlari, soat 09:00 dan 18:00 gacha, tushlik vaqti 08:00 dan 11:30 gacha. Dam olish kunlari — shanba va yakshanba. Manzil / aloqa: Навоий вилояти Навоий шаҳар А.Авлоний 16 уй 792253030

✅ Talablar

Oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lishi, “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha tegishli malaka va sertifikatga ega bo‘lishi, stomatologik kasalliklarni tashxislash va davolash bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi, zamonaviy stomatologik davolash usullarini bilishi, tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yurita olishi, kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalana olishi, tibbiy etika va mehnat intizomiga rioya qilishi talab etiladi. Mutaxassislik bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba