Mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ishlash, yoshlarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, xotin-qizlar faolligini oshirish bo'yicha bosh mutaxassis

Doimiy Ish
📍 Andijon viloyati, Oltinko`l tumani 💰 4 280 000 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 24.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Oltinko‘l tumani bo‘limi Bo'lim: Бўлинма мавжуд эмас Vazifalar: O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha Manzil / aloqa: Oltinko'l tumani Ittifoq MFY 998999999999

✅ Talablar

Oliy maʼlumotiga ega boʼlishi; mutaxassislik talab etilmaydi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi). Kamida 1 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi; davlat tilini bilishi (Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi). Odob-axloq normalariga rioya etadigan; davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko‘ra belgilangan tartibda ishdan bo‘shatilmagan bo‘lishi; kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi; Ish vaqtidan samarali foydalana olishi va tadbirlarni rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan; soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlaridan xabardorligi hamda ularni qoʻllash uchun zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi; doimiy ravishda malakasini oshirganligi, kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlarga, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, tashkilotning strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi, strategik va tahliliy fikr yurita olishi. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas. Tajriba: kamida 1 yil

📎 Manba