iqtisodiy masalalar bo'yicha boshliq o'rinbosari
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Qo‘shtepa tumani Tibbiyot birlashmasi
Bo'lim: mamuriyat
Vazifalar:
Muassasaning hom-ashyo, mehnat va moliyaviy resurslaridan optimal foydalanish orqali yuqori pirovard natijalarga erishishga yo‘naltirilgan iqtisodiy faoliyat oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirilishini nazorat qiladi.
• Muassasaning harajatlar smetasi loyihasini tuzish uchun iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatgichlari va qat’iy iqtisodiy tejamkorlikni inobatga olgan holda dastlabki ma’lumotlarni tayyorlanishi, ularga asosli hisob-kitoblarni ishlab chiqilishini nazorat qiladi.
• Rejali topshiriqlarni muassasa bo‘linmalariga yetkazadi. Muassasa va uning bo‘linmalari faoliyatining iqtisodiy natijalari hisobini olib boradi.
• Muassasa hududida obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya tozalik, kommunal tarmoqlarning texnik sozligi va kuz-qish mavsumida barqaror tizim ishlashini ta’minlash yuzasidan nazoratni olib boradi va birlashma boshlig‘iga zaruriy tavsiyalar kiritadi.
• Markazlashgan xisobxona tomonidan mablag‘larni moliyalashtirishni umumiy nazorat qilib boradi va zarur hollarda bosh xisobchiga amaliy tavsiyalar kiritadi.
• Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi va qabul qilingan majburiyalarni bajarilishini nazorat qiladi.
• Tibbiy-iqtisodiy standartlar, sifat standartlari, mehnat sifatini baholash kriteriyalarini ishlab chiqishda qatnashadi.
• Muassasa va uning bo‘linmalari xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qiladi va iqtisodiy rejimni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
• Moliyaviy faoliyat bo‘yicha smeta ijrosi, tezkor va buxgalteriya hisobotlarini tahlil qiladi.
Ish sharoitlari:
Dushanbadan juma kunigacha. Ish vaqti soat 08-00 dan 17-00 gacha dam olish kuni shanba va yakshanba
Manzil / aloqa:
Qo'shtepa tumani Sohibkor MFY Sohibkor ko'chasi 57-uy
734225980
✅ Talablar
Oliy ma’lumotli. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan, moliya, buxgalteriya tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan bo‘lishi talab etiladi. Kampyuter savodxonligi, elektron tizimlarda mustaqil ishlay oladigan, Byudjet kodeksi, moliyaviy prognozlar, tibbiy sug‘urta jamg‘armasi, ish xaqi fondi, moliyaviy rejalashtirish masalalari bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.
Tajriba: kamida 3 yil