UTT shifokor

Doimiy Ish
📍 Buxoro viloyati, Jondor tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 24.08.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Jondor tuman tibbiyot birlashmasi Bo'lim: 16-oilaviy poliklinika Vazifalar: “Ultratovush diagnostikasi” mutaxassisligi bo‘yicha tegishli ixtisoslashuv, klinik ordinatura yoki amaldagi tartibda belgilangan qayta tayyorlash kursini tamomlagan bo‘lish. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda tegishli malaka hujjatlariga ega bo‘lish. Ultratovush diagnostikasining zamonaviy usullarini bilish va amaliyotda qo‘llay olish. Quyidagi UTT tekshiruvlarini mustaqil bajarish va natijalarini tahlil qila olish: qorin bo‘shlig‘i a’zolari; buyrak va siydik yo‘llari; qalqonsimon bez; sut bezlari; kichik chanoq a’zolari; yumshoq to‘qimalar; limfa tugunlari; yurak-qon tomir tizimi bo‘yicha tegishli tekshiruvlar; homiladorlik va homila rivojlanishini ultratovush orqali baholash — tegishli vakolat va tayyorgarlik mavjud bo‘lganda. Ish sharoitlari: Grafik asosida Manzil / aloqa: Buxoro viloyat Jondor tumani Mahmud torobiy ko`chasi 157- uy +998655861073

✅ Talablar

UTT apparaturasidan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanishni bilish. Tekshiruv natijalari asosida tibbiy xulosa rasmiylashtira olish. Aniqlangan patologik o‘zgarishlarni baholash va zarur hollarda bemorni tegishli tor mutaxassisga yo‘naltirish. Shoshilinch holatlarda aniqlangan xavfli belgilarni baholay olish va bemorni tegishli tibbiy yordamga yo‘naltirish. Tibbiy hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish. Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qilish. Sanitariya-epidemiologik talablar, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini bilish. Kompyuter va tibbiy axborot tizimlaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish.

📎 Manba